Toşkent viloyati IIBda taşkil etilgan matbuot brifingida Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida olib borilayotgan işlar böyiça axborot berildi.
 
Toşkent viloyati prokuraturasi bölim boşliği Muzaffar Raşidovning ma'lum qilişiça, viloyatda joriy yilning ötgan davrida jami sodir etilgan jinoyatlar tahliliy örganilganda 2017 yilning 6 oyi davomida 4 169 ta jinoyat sodir etilgan bölsa, bugungi kun holatiga köra, (2017 yil 20 iyulgaça) 4 405 ta jinoyat röyxatga olingan. 

Uşbu jinoyatlarning aksariyat qismi, ya'ni asosiy oşib borayotgan toifalari, asosan öğirlik, firibgarlik, transport vositasini olib qoçiş kabi jinoyatlar keskin ravişda oşayotgani ma'lum bölgan. 

Tahlil natijalariga köra, ma'lum bölişiça, Toşkent viloyat kesimida öğirlik sodir etiş hollari ötgan yilning şu davriga nisbatan 27 foizga oşgan va ötgan 6 oy içida 1115 ta öğirlikka qöl urilgan. 

Firibgarlik jinoyati 95 taga yoki 33 foizga oşgan. Uşbu jinoyat böyiça javobgarlikka tortilgan şaxslar ötgan yilga nisbatan 22 foizga kamaygan va 544 kişini taşkil etgan. Şundan 20 ta holatda uy-joy olib berişga doir aldovlar, avtomaşinani olib beriş bilan boğliq holat 25 tani taşkil etadi. Işga joylaştiraman, deb aldaş bilan boğliq 22 ta, öqişga kiritib qöyişga doir 1ta firibgarlik aniqlangan.   

Transport vositasini olib qoçiş bilan boğliq jinoyatlar soni ötgan yilga nisbatan 20 taga, ya'ni 125 foizga oşganligini köriş mumkin. 

Şu örinda Kun.uz çorlovini bee'tibor qoldirmagan viloyat prokuraturasi keyingi brifinglarda bundan-da faolroq bölib, Davlat rahbari tomonidan jamiyatda oşkoralik va şaffoflikni ta'minlaşga qaratilgan körsatmalari ijrosi yuzasidan viloyat kesimida mansabini suiiste'mol qiliş, korrupsiya va noqonuniy daromadlarni legallaştiriş, valyutaga doir jinoyatlar va ularning foş etilişi bilan boğliq raqamlarni ham taqdim etadi, degan umiddamiz.