«Nasaf» klubi yarimhimoyaçisi Aziz Ğaniyevga Kiyevning «Dinamo» klubi jiddiy qiziqiş bildirmoqda. Bu haqda qarşiliklar ustozi Röziqul Berdiyev «Futbol Ekspress» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«Töğrisini aytsam, yaqinda ham Aziz Ğaniyev masalasi böyiça «Dinamo» Kiyevdan qönğiroq qilişdi. Ular hamon futbolçimizga qiziqmoqda va bizdan uni qöyib yuborişimizni söramoqda. Lekin hozirça bu mavzu biz uçun yopiq, çunki ikkinçi davra öyinlari yaqinlaşib qoldi va Ğaniyev özimizga ham kerak», deya Berdiyevdan iqtibos keltiradi «FE».

Eslatib ötamiz, bir munça vaqt muqaddam 19 yoşli Özbekiston yoşlar terma jamoasi futbolçisiga Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi qiziqiş bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.