20 va 21 sentabr kunlari «Özekspomarkaz» anjumanlar zalida uzoq kutilgan AKT Özbekiston Haftaligi – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ICT FORUM 2017 Forumi bölib ötadi.

Forum ötkazilişining asosiy maqsadi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kuzatilayotgan sönggi tendensiyalarni muhokama qiliş uçun ekspertlar maydonçasini taşkil etiş. Forum bloklar körinişidagi anjumanlar, bölimlar körinişidagi yiğilişlar hamda mahorat saboqlari va interaktiv munozaralar şaklida bölib ötadi.

Salohiyatli ma'ruzaçilar elektron hukumat, axborot xavfsizligi, moliyaviy sektorni raqamlaştiriş va “bulutli” texnologiyalar kabi mavzularni yoritib berişlari kutilmoqda. 

«Elektron hukumat» tizimi faoliyati töğrisidagi ma'ruzada katta hajmdagi ma'lumotlardan (xizmatlar sifatini yaxşilaş, oçik ma'lumotlar, «aqlli» şaharlar) foydalaniş, davlat xizmatlari (BPR, ma'muriy jarayon, davlat xizmatlarini rivojlantiriş instituti) tartibini takomillaştiriş, davlat xizmatlarining sifatini baxolaş, idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimi, töğrisidagi mavzular muhokamasi, va AKT orqali aholi bilan muloqot rejalaştirilgan. Şu mavzular haqidagi ma'ruzalarni 20 sentabr kuni soat 09.30 dan 13.30 gaça tinglaş mumkin.

Moliyaviy sektorini raqamlaştirişga oid mavzu muhokamasi çoğida, ma'ruzaçilar onlayn–banking va tölov tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tölov, banklar uçun “bulutli” yeçimlar, blokcheĭn va şunga öxşaş boşqa mavzularni yoritişlari közda tutilgan. Uşbu mavzularni qamrab olgan majlis 20 sentabr kuni soat 14.00 dan 18.00 gaça bölib ötadi.

AT infratuzilmasi bölimida “bulutli” texnologiyalar, ma'lumotlar xavfsizligi va bulutli platforma, xizmat körsatiş yondaşuvi, keng polosali aloqa liniyalari infratuzilmasini rivojlantiriş, simsiz va mobil aloqalar, şuningdek, köplab şu sohaga tegişli dolzarb masalalar haqida ma'ruzalara taqdim etiladi. Ma'ruzaçilar 21 sentabr kuni soat 09.30 dan 13.30 gaça bu borada öz fikrlarini bildiradilar.

Şuningdek, axborot xavfsizligiga bağişlangan qismda infratuzilma va axborot tizimlarini himoya qiliş, axborot xavfsizligi sohasida zamonaviy yeçimlar va texnologiyalar, “Internet narsalar” uçun xavfsizlik yeçimlari, DdoS- xujumlardan himoya va boşqa köplab mavzulardagi ma'ruzalar taqdim etilişi kutilmoqda. Ma'ruzalar vaqti 21 sentabr soat 14.00 dan 18.00 gaça davom etadi.

Ma'ruzalar tezislar körinişida körib çiqiladi (A4 formatidagi bir varaq), örinli baho beriş uçun ular qisqa, ammo yetarli tafsilotga ega bölişi lozim. Tezislar  2017 yilning 15 avgustiga qadar qabul qilinadi.