«Barselona» hujumçisi Neymar mavsumlar oraliğida «PSJ»ga ötişi mumkinligi mavzusi keyingi kunlarda futbol jamoatçiligi tomonidan muhokama qilinmoqda. Uşbu braziliyalik futbolçi Barselonadan Parijga köçişi mumkinligi haqidagi gaplar turli munosabatlarni keltirib çiqarmoqda. Bu vaziyatda yakuniy qaror qanday böladi?

Yozgi transferlar oynasida «Barselona» «PSJ» bilan duel qilişiga töğri kelmoqda. Avvaliga «PSJ»dan Marko Verrattini sotib oliş uçun harakat boşlagan «Barselona» endilikda öz yetakçisini «PSJ»ga boy berişi mumkin. «Barselona» tomon ayni vaqtda şarqdan şamol esmoqda  – qatarlik şahzoda, «PSJ» xöjayini Nosir Ğanim al-Helayfiyning pullari Neymarning jamoada qolişiga xavf solmoqda. Ayni vaqtda bu boradagi gap-sözlar yomğirdan keyingi qöziqorindek gurkiragan.

Bir neça kun avval Ispaniyada braziliyalik yulduz futbolçining yaqinlari uni «Barselona»dan ketişga undayotgani, u bu jamoada argentinalik Lionel Messi soyasida qolib ketayotgani tufayli özini töla namoyon eta olmayotgani, bu jamoada öynab şaxsiy yutuqlarga erişa olmasligini aytişayotgani haqida xabar tarqaldi.

Braziliyadagi naşrlar esa Neymarga agentlik qiladigan otasining Parij klubi vakillari bilan yaqin aloqalarga ega ekani, futbolçi Parij klubi bilan dastlabki kelişuvga erişgani haqida yozib çiqdi.

2013 yili «Barselona»ga kelgan Neymar bu jamoada şu vaqtgaça 186 uçraşuv ötkazib, 105 gol urgan, 80 golga uzatma bergan va 10 sovrinni qölga kiritgan.

«Barselona» avvaliga bu xabarlarga bepisandlik bilan qaradi. Jamoa vakillari Neymar sotilmasligi, qolaversa, uning şartnomasida belgilangan badal puli miqdori – 222 million yevro ekani va bunça mablağni tölaşga tayyor jamoa yöqligini aytişdi. Parijdan esa kabutar qanotiga boğlangan maktub yöllandi - Al-Xelayfi har qança mablağni tölay oladi.

Futbolçining özi ham intervyu bera qoldi. U qisqa intervyusida «Barselona»da baxtiyorligi»ni aytgan. Lekin bu «Men heç qayerga ketmayman» degani emas. U «Ötgan mavsum yaxşi ötdi, keyingisi yanada yaxşiroq böladi, deb umid qilaman», qabilidagi gaplardan nariga ötmagan.

Neymar ketadimi, qoladimi? Quyida uning ketişi uçun sabablar va ketmasligi uçun sabablar körib çiqiladi.

Ketadi