Xalqaro çempionlar kubogi doirasida «Mançester Siti» va «Mançester Yunayted» jamoalari AQŞning Hyuston şahrida töqnaş kelişdi. 

Öyin davomida töp nazorati Gvardiola şogirdlari tomonida bölsa-da, birinçi bölimda kiritilgan 2ta gol Mourino jamoasiga ğalaba keltirdi. 37-daqiqada Romelu Lukaku, oradan 2 daqiqa ötib Markus Reşford raqib darvozasini işğol qilişdi. 

Ikkinçi bölimda Lukaku öz dublini rasmiylaştirişi mumkin edi, ammo uning jarima maydonçasi taşqarisidan bergan zarbasi darvoza ustuni va tösini kesişgan joyga tegib qaytdi. Şuningdek, «Mançester Siti» futbolçilari ham bir neçta imkoniyatlardan foydalana olişmadi. 

International Champions Cup
Mançester Siti – Mançester Yunayted – 0:2
Gollar: Lukaku (37), Reşford (39)