Siyosatçi Boris Nemtsovning qizi Janna otasining öldirilişi işi böyiça ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarga nisbatan çiqarilgan hukmni bekor qiliş va işni jamoat arbobi hayotiga suiqasd qiliş moddasiga özgartiriş haqida söramoqda. Bu haqda RIA Novosti advokat Olga Mixaylovaga asosan xabar berdi.
«Biz jinoyat qanday moddada talqin etilayotgani bilan umuman rozi emasmiz. Sudlanganlarning harakati Rossiya JKning 277-moddasiga özgartirilişi lozim (jamoat yoki siyosiy arbob hayotiga suiqasd qiliş)», - degan advokat.
Ta'kidlanişiça, şikoyat arizasida işdagi moddani qayta özgartiriş uçun uni prokurorga yuboriş söralgan.
13 iyul kuni Moskva okrug harbiy sudi Nemtsovning öldirilişi böyiça jinoiy işdan ötayotganlarga hukm çiqardi. Uning qotili – içki qöşinlar sobiq zobiti Zaur Dadayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Eslatib ötamiz, Boris Nemtsov 2015 yilning 28 fevral kuniga ötar keçasi Moskva şahri markazida öldirilgandi.












