Rossiya IIVning Sankt-Peterburg şahri Admiralteyskiy tumani boşqarmasi vakillarining sözlariga köra, 16 iyul kuni Dekabrçilar köçasidagi turarjoylardan birida qotillik sodir etilgan. Ma'lum bölişiça, Özbekistonning 1987 yilda tuğilgan fuqarosi adovatli munosabatlar ortidan turmuş örtoği bilan tortişib qoladi. Şundan söng, u 27 yoşli rafiqasini urib, döpposlaydi, deb xabar qilmoqda politexpert.net

Oqibatda oğir tan jarohatlari olgan ayol yaşab turgan xonadonida hayotdan köz yumadi. Qöni-qöşnilarning xabarlaridan keyin voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari ğarazgöyni uşlab, navbatçi qismga olib borişgan. 

Ayni vaqtda qotillik moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Jinoyatçiga nisbatan ehtiyot çorasi köriş masalasi hal etilmoqda.