Joriy yil 20 iyul kuni Xalqaro biznes markazida Özbekiston va Afğoniston delegatsiyalari örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Muzokaralar kun tartibiga qöyilgan asosiy masalalar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuçaytiriş, Özbekiston mahsulotlarini Afğonistonga yetkazib berişni köpaytiriş va bu tizimni yaxşilaş kabi mavzular böldi. Bu haqda «UzTrade» AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.
Anjuman doirasida «UzTrade» AJ rahbariyati Afğoniston biznes delegatsiyasi vakillari bilan muzokaralar ötkazdi. Unda Özbekiston mahsulotlarini qöşni davlatga eksport qiliş hajmini oşiriş mavzusida fikr almaşildi.
Özbekiston Taşqi savdo vazirligi huzuridagi «UzTrade» AJ xalqaro taşqi savdo kompaniyasi bölib, kiçik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari, dehqon va fermer xöjaliklarining mahsulotlarini eksport qilişga kömaklaşiş, şuningdek, Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar uçun yangi bozorlarni topiş va özlaştiriş maqsadida taşkil etilgan.
Bugungi kunda «UzTrade» AJ doimiy tartibda Afğonistonga respublikada işlab çiqarilgan turli xil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bermoqda.
Afğoniston bozoridagi örnini mustahkamlaş va eksport mahsulotlari yetkazibberiş hajmini oşiriş maqsadida Mozori Şarifda barpo etilayotgan Özbek-Afğon qöşma savdo uyini taşkil etiş işlarini tezlaştiriş masalalari ham uçraşuv çoğida körib çiqildi.
Savdo uyi faoliyati doirasida doimiy asosda işlaydigan körgazmalar xonasi böladi. Unda özbekistonlik işlab çiqaruvçilarning iste'mol va oziq-ovqat mahsulotlari namoyişi yölga qöyiladi. Xususan, konditerlik mahsulotlari, peçene, şokoladli konfetlar, pasta, tabiiy mevalardan tayyorlangan murabbolar, soklar, suv, içimliklar, göşt va konserva mahsulotlari, kimyo sanoatining turli aşyolari, quriliş materiallari, xöjalik texnikasi, gilamlar hamda boşqa mahsulotlar namoyiş etiladi.











