Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Germaniya iqtisodiyot vaziri Brigitte Tsiprisning bayonotini inkor etdi. Tsipris Turkiyada terrorizmga kömak berişda gumon qilinayotgan nemis kompaniyalarining "qora röyxati" borligini aytgan edi.  

Reyter agentligining xabar qilişiça, Germaniya iqtisodiyot va energetika vaziri Brigitte Tsipris mamlakat hukumati Turkiyada biznes olib boruvçi va asossiz ayblovlar sababli "obröli nemis kompaniyalari tösatdan terrorizmni qöllab-quvvatlovçilar "qora röyxati"ga kiritilayotganlar"ni himoya qilişini aytgan edi. Uning sözlariga köra, bu Turkiyada yangi biznes yuritiş va sarmoya kiritişni qiyinlaştiradi. 

"Germaniya iqtisodiyot vazirining bizning iqtisodiyotga sarmoya kiritayotgan sarmoyadorlarni qörqitiş maqsadida aytgan bayonotini qat'iy ravişda qoralayman. Turkiyada nemis kompaniyalariga qarşi tergov işlari olib borilayotgani haqidagi xabar butunlay yolğon. Eng yaxşi loyihalarni biz Germaniya kompaniyalari bilan birga amalga oşiramiz. Bizda xorijiy kompaniyalar "qora röyxati" borligini isbotlaşga taklif etaman. Siyosiy muammolar keladi, ketadi. Iqtisodiy munosabatlar esa qoladi", — degan Erdöğan xorijiy sarmoyadorlar bilan Istanbulda ötkazgan uçraşuvida. 

U, şuningdek, Germaniyaning Turkiyaga sayyohlik qiliş xavfli ekani haqidagi ogohlantirişi asossiz va ğarazli ekanini qöşimça qilgan. U Berlinni Germaniyada yaşiringan FETO va Kurdiston işçi partiyasi a'zolarini topşirişga çaqirgan. 

Germaniya TIV rahbari Zigmar Gabriel esa, 20 iyulda GFR Anqaraga nisbatan iqtisodiy siyosati, kredit va sarmoyaviy dasturlarini qayta körib çiqişini aytgandi. Bunga Turkiyada huquqni himoya qiluvçi faollarning hibsga olingani sabab qilib körsatildi. Turkiya taşqi işlar vazirligi Gabriel bayonotini ikki mamlakat örtasidagi inqirozni çuqurlaştiruvçi omil deb baholadi.