2017 yilning 22 iyul kuni soat 6:38 da Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining navbatçi qismiga Içki işlar xodimlari tomonidan Çilonzor tumanidagi “Börijar” kanalidagi daraxt şoxlariga ilinib qolgan fuqaro yordamga muhtoj ekanligi töğrisida xabar kelib tuşdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Mazkur murojaatga köra, Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining qutqaruv otryadi voqea joyiga tezkorlik bilan etib keladi.

Ma'lum bölişiça, “Börijar” kanalidagi köprikdan 20 metr uzoqlikda, 52 yoşli fuqaro qirğoq yonidan piyoda ötayotgan vaqtda, ehtiyotsizlik oqibatida suvga tuşib ketadi va tahminan 50 metr suzib toliqqanligi bois, daraxt şoxlariga ilinib qoladi. 

Qutqaruvçilar maxsus qutqaruv-asbob anjomlari yordamida fuqaroni qirğoq böyiga olib çiqişadi. Fuqaro suvda uzoq qolib ketganligi sababli, toliqqanligi uçun qutqaruvçilar tomonidan zudlik bilan birinçi tibbiy yordam körsatildi. Şundan söng, jabrlangan fuqaro tez tibbiy yordam xizmatiga topşirildi. 

Hozirda qutqarilgan fuqaro şifoxonaga yotqizilgan, uning salomatligiga ziyon yetmagan.