AQŞ qişloq xöjaligi vaziri Sonni Perdyuning bayonotiga köra, Xitoy rasmiylari birinçi marta Amerika guruçini import qilişga ruxsat berişdi. Bu haqda The South China Morning Post naşri yozmoqda.
Vazirning qayd etişiça, bu amerikaliklar fermerlarga dunyoning eng yirik guruç iste'molçilari bozorining eşigini oçadi.
«Biz hujjatni imzolaş uçun önlab yillar işladik va bizning a'zolar Xitoy iste'molçilariga AQŞning soğliqqa xavfsiz bölgan yuqori sifatli guruçini yetkazibberişga harakat qiladi», — degan AQŞ guruç yetiştiruvçilar federatsiyasi prezidenti Betsi Uord.
Uning qöşimça qilişiça, Xitoy 13 kunda Amerikada yetiştirilgan bir yillik guruçni iste'mol qiladi.
Xitoy 2001 yili Jahon Savdo taşkilotiga a'zo bölgan vaqtda guruç bozori eşiklarini oçgan edi. Biroq, Xitoy va AQŞ örtasida fitosanitar kelişuv bölmagani bos, Amerikadan guruç import qilişga imkon bermas edi.
AQŞda, qişloq xöjaligi vazirligiga köra, bu yil 6,07 mln tonna guruç yetiştiriladi.












