Toşkent viloyati tarkibida yana Toşkent tumani qayta taşkil etiladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaning xabariga köra, Zangiota tumanida Zangiota va Toşkent tumanlari taşkil etiladi. Bunga Zangiota tumani hududining kengayib ketgani sabab sifatida keltirilgan.
2010 yilning avgustida Oliy Majlis Senati qarori bilan Toşkent viloyati tarkibidagi Zangiota va Toşkent tumanlari birlaştirilib, ularning asosida Zangiota tumani taşkil etildi, Keles şahri esa uşbu tumanning ma'muriy markazi etib belgilangandi.
Manbaning sözlariga köra, Toşkent viloyatining Ohangaron va Yangiyöl şaharlari endilikda töğridan-töğri viloyatga böysunadi.
Avvalroq Töytepada yangi şahar qurilişi uçun 2 milliard dollar sarflanişi xabar berilgandi.











