Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining asosiy turistik yönalişlari bilan tanişdi.

ÖzA bergan xabarga köra, prezidentga viloyatning sayyohlik salohiyati imkoniyatlaridan unumli foydalaniş böyiça rejalar, 2017—2018 yillarda viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirişning asosiy körsatkiç prognoz parametrlari taqdim qilingan. 

«Viloyatda Çimyon oromgohi, Çorvoq suv ombori, Ixnoj, Urungaç, Şovur, Bodak köllari bor. Viloyatda 45 ta mehmonxona bölib, ötgan yili 100 mingdan ziyod sayyoh taşrif buyurgan. 4 ta turoperator, 4 ta tabiiy köl, 71 ta sanatoriy, bitta qöriqxona, 5 ta örmon xöjaligi mavjud», deya ma'lumot berilgan xabarda.

Çimyon oromgohida xorijiy va mahalliy sayyohlar uçun 500 örinli zamonaviy mehmonxona majmuasi loyihasining taqdimoti ötkazilgan. Mazkur hududda zamonaviy osma yöl quriş loyihasiga ham e'tibor qaratilgan. Uzunligi 2 kilometr bölgan, 26 kabinadan iborat osma yölni 10 oyda quriş möljallangan.

Prezident Böstonliq tumani, «Xöjakent» mahalla fuqarolar yiğini hududida quriladigan «Qöş-Çinor» mehmonxona majmuasi loyihasini ham közdan keçirgan. Majmuadan 130 örinli mehmonxona, 60 örinli restoran, soğlomlaştiriş markazi va xizmat körsatiş şoxobçalari örin olgan.