AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron qölga olingan amerikalik fuqarolarni topşirmasa, “jiddiy oqibatlarga” duç kelişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters Oq uy matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

“Prezident Tramp, Eron adolatsiz tarzda qölga olingan amerikalik fuqarolarni ozod etib, qaytarmasa, uşbu davlatga jiddiy oqibatlarni ta'minlaş haqida ma'lum qildi”, - deyiladi bayonotda.

Xususan, Tramp Eronda 10 yil muqaddam izsiz ğoyib bölgan huquq-tartibot idoralarining sobiq xodimi Robert Levinsonni qaytarişni talab qildi. Şuningdek, u Tehronni tadbirkorlar Siamak hamda Bakir Namoziylarni qöyib yuborişga çaqirdi.

Avvalroq AQŞ davlat departamenti Eron hamon terrorizmni dastaklayotgan boş homiy-davlatligiça qolayotganini ma'lum qilgandi.