Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Hyundai haqiqiy haydovchi bilan krash-test o‘tkazdi
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Solaris sedanining krash-testini o‘tkazdi. Uning e'tiborli tomoni shundaki, sinovda avtomobilni haydovchi boshqargan. Sinov Myachkovodagi ADM Raceway avtodromida tashkil etilgan.
Sedanni rossiyalik kaskadyor Martin Ivanov boshqargan. U Jyeyson Born va Jyeyms Bond haqidagi filmlarda Mett Deymon va Deniyel Kreygga dublyorlik qilgan. «Solyaris»ning temir beton to‘siqqa urilishi soniyasiga ming lavhani tasvirga oladigan juda sezgir kamera vositasida suratga olingan.
Ivanov avtomobilni soatiga 64 km tezlikkacha chiqarib, to‘siqqa haydovchi tomondan 40 foizlik to‘silish bilan urilgan. Euro NCAP tashkiloti ham xuddi shunday krash-testni o‘tkazadi. To‘qnashuvdan so‘ng, haydovchi mustaqil tarzda mashinadan chiqqan. U hech qanday jarohat olmagan.
Mavzuga oid
14:31 / 12.09.2025
Hyundai’ning Amerikadagi zavodi ochilishi reydni deb 2 oyga kechikadigan bo‘ldi
17:22 / 06.09.2025
Amerikadagi Hyundai zavodida migratsion operatsiya: 500 ga yaqin kishi qo‘lga olindi, Seul Vashingtonni ogohlantirdi
14:57 / 18.01.2025
Dunyodagi eng xavfsiz 5 ta avtomobil nomi e’lon qilindi
22:59 / 09.01.2025