«Barselona» jamoasi boş murabbiyi Ernesto Valverde Xalqaro çempionlar kubogi doirasida «Yuventus»ga qarşi uçraşuvdan keyingi fikrlarini bildirib ötdi.
«Biz bir maqsad yölida muştarak böldik. «Barselona» raqib kuçli bölişiga qaramasdan, öyin davomida töpni nazorat qildi. Öyin davomida öz kuçimizga bölgan işonç ortib bordi. Men «Yuventus» ustidan qozonilgan ğalabada köp ijobiy jihatlarni kördim», — deya Valverdening sözlarini keltirgan Goal.
U kataloniyaliklar jamoasida Neymarning örni juda muhim ekanini qayd etib ötgan.
«Barselona»ni Neymarsiz tasavvur qilib bölmaydi. U biz bilan qolişini xohlaymiz, uning örni jamoamizda juda muhim. Bu körinib turibdi», — deya qöşimça qilgan mutaxassis.
Neymarning dubli evaziga «Barselona» «Yuventus»dan ustun keldi va ma'lum ma'noda ötgan mavsumda YeÇLdagi mağlubiyat uçun qasos oldi.
Bundan avvalroq Amerikadagi ESPN naşri Neymar «Pari Sen-Jyermen» bilan şaxsiy şartnoma borasida kelişuvga erişgani haqida xabarlar tarqalgandi.












