AQŞ prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klinton saylovçilar «u nimani himoya qilayotganini» bilmagani uçun saylovlarda mağlub bölgan. Bu haqda Senatdagi demokratlar yetakçisi Çak Şumer ma'lum qildi.

«Biz nimani uddalay olmadikmi? Odamlar nimani himoya qilayotganimizni bilmasdi, biz şunçaki Trampga qarşi edik. Ular şu vaqtgaça şunday hisoblaşadi», — deya Şumerning sözlarini keltirgan The Washington Post.

Uning sözlariga köra, demokratlar öz mağlubiyatida Rossiyani yoki FQBning sobiq rahbari Jyeyms Komini ayblaşda asos yöq, mağlubiyatga ularning özlari aybdor.

«Qaçonki, siz maşhurligi 40 foiz atrofida bölgan kişiga yutqazsangiz, bunda boşqalarni —  Komi yoki Rossiyani emas, özingizni ayblaşingiz kerak», — degan u Klintonning mağlubiyati haqida fikr bildira turib.

18 iyul kuni sörov Klintonning reytingi Trampnikidan ham pastligini körsatgandi.