«Roma» «Mançester Siti»dan himoyaçi Aleksandar Kolarovni sotib olgani haqida e'lon qildi. Rimliklar klubi rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, uşbu transfer qiymati 5 mln yevroni taşkil etgan.
31 yoşli serbiyalik futbolçi rimliklar klubi bilan 2020 yoziga qadar amal qiluvçi şartnomani imzolagan.

Yakunlangan mavsumda Aleksandar Angliya çempionatida 29 uçraşuvda maydonga tuşdi va 1 gol urib, bir golga uzatma berdi. Bu futbolçi faoliyati davomida «Tsrvena Zvezda», OFK va «Latsio» kabi klublarda töp surgan. U «Mançester Siti»ga 2010 yili kelgandi.
Yozgi transferlar vaqtida «şaharliklar» jamoasi öng qanotga, Bakari Sanya örniga «Tottenhem»dan Kayl Uokerni rekord darajadagi narx evaziga sotib olgandi, bugun şu çiziqqa «Real»dan Danilo 35 mln yevro evaziga xarid qilindi. U zaxira öyinçisi bölişi kutilmoqda.


«Mançester Siti» «Benfika» darvozaboni 40 million yevroga sotib oldi


Çap qanotga, Aleksandar Kolarov va undan oldinroq jamoadan ketgan Gael Klişi örniga «Monako»dan Benjamen Mendini transfer qiliş böyiça harakatlar davom etmoqda.











