Hongkongga «Roke» tropik pörtanasi yopirilişi natijasida paromlar harakati töxtatilgan, muassasalar, ofislar va savdo nuqtalari yopilgan. TASS bergan xabarga köra, Hongkong aeroportida önlab aviareyslar qoldirilgan.
Mahalliy observatoriya ma'lumotiga köra, uşbu tabiiy ofat epimarkazi Hongongdan 40 km masofada joylaşgan. Pörtana ayni vaqtda sekinlaşgan va ğarbiy yönalişda harakatlanmoqda. Meteorologlar tabiiy ofat kuçini 10 balldan sakkiz ballga baholaşgan. Qayd etilişiça, pörtana Xitoy janubidagi Guandun va Makao provinsiyalariga ham ta'sir qilişi mumkin.











