Microsoft kompaniyasi ilk marta 1985 yili işlab çiqilgan Paint grafik redaktorini dasturiy jihatdan ta'minlaşni bas qilmoqda. Windows 10 operatsion tizimi uçun işlab çiqilgan Fall Creators Update yangilanmalar röyxatiga qarab, şunday xulosaga keliş mumkin.

Paint ilovasi röyxatda «eskirgan» (deprecated) deya qayd etilgan. Bu esa Microsoft’ning faol işlanmasini bas qilgani va Windows’ning keyingi versiyalaridan butunlay olib taşlaşini bildiradi. 

Microsoft eskirgan xizmatlarga tizimning zaxira nusxasi System Image Backup (SIB) Solution yaratiş funksiyasini ham qöşgan, uning örniga boşqa işlab çiqaruvçilarning yeçimlaridan foydalanişni maslahat bergan.

Bundan taşqari, Microsoft Windows 10’ning yangi versiyasida elektron poçta bilan işlovçi Outlook Express dasturi hamda matnli fayllar bilan işlovçi Reader app ilovasini ham öçiradi — Edge brauzeriga intergatsiya qilinadi. 

Paint ilovasi ilk marta 1985 yilda Windows 1.0. versiya bilan birgalikda işlab çiqarilgan edi. 2017 yilning bahorida Microsoft Windows 10 Fall Creators Update yangilanmasini e'lon qildi va uning tarkibiga 3D-obektlar bilan işlovçi yangilangan Paint 3D dasturi ham kiritildi. 

Fall Creators Update yangilanmasi çiqişining aniq muddatini kompaniya oşkor etmayapti, faqat bu voqea 2017 yilning kuzida röy berişi e'lon qilingan, xolos.