Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat kelajagidan taşviş bildirdi. U hozirda bir qadar asabiylaşayotgani, odamlar yana aldanib qolişi mumkinligidan xavotirda ekani, qirğiz xalqining keçirimli va unutuvçanligi yana pand berişi mumkinligi haqida gapirgan.

«Hozirda qamoqda ötirişi kerak bölgan kişilar özini piar qilib, prezident bölmoqçi. Bu ham ötar. Özing uçun aniqlab olişing kerak, çunki, şunday sabablar borki, ba'zi siyosatçilarni keçirib bölmaydi. Mamlakat va xalq taqdirini bir kunlik şuhrat va şov-şuvga almaştirib bölmaydi», degan Atambayev.

U mamlakat toza qöllarda bölişini va rivojlanişda davom etişini istaşi haqida gapirgan.

«Saylov natijalari qanday bölişidan qat'i nazar uni tan oliş kerak. Asosiysi, biz ovozlar töğri hisoblaşini ta'minlaşimiz kerak. Yana bir iş bor, kimdir ovozlarni sotib olişga harakat qilişi mumkin, unda nima qilamiz... Biz odamlarni oxirigaça uyğota olmaymiz, javobgarlik ularning özida. Men hokimiyatni tinç topşirişni kafolatlayman. Endi mamlakat boşqaça, tizim boşqaça. Agar kimdir vaziyatni izdan çiqarmoqçi bölsa, kafolat beramanki, uning joyi körsatib qöyiladi», — deya sözlarini yakunlagan prezident.

Qirğiziston prezidentiligiga saylov jarayoni joriy yilning 15 oktabrida bölib ötadi. Amaldagi prezident Almazbek Atambayev saylovda iştirok etmaydi, çunki mamlakat qonunçiligi olti yillik muddatga bir martadan ortiq saylanişga ruxsat bermaydi.

Komissiya ma'lumotlariga köra, ayni vaqtga qadar 30 kişi öz nomzodini olğa surgan. «Ulardan beş nafar siyosiy partiyalarning qurultoyida olğa surilgan bölsa, qolganlari öz nomzodini özlari olğa surgan», — deyiladi Markaziy saylov komissiyasida. Nomzodlar orasida amaldagi boş vazir Sooronbay Jeenbekov, hukumatning sobiq rahbarlari Temir Sariyev va Omurbek Babanov, şuningdek, muxolifat parlament fraksiyasi yetakçisi Bakit Torobayevning ismlarini köriş mumkin.