«Barselona» hujumçisi Neymar «PSJ»ga ötişi oydinlaşmoqda. Bu haqda Ispaniyadagi Sport naşri xabar tarqatdi.

Biroz avvalroq futbolçining otasi kataloniyaliklar klubi rahbariyati vakillari bilan uçraşgandi. U öz öğliga Parij klubidan taklif borligini tasdiqlagan, öğlining qarori moliyaviy şartlarga boğliq ekanini ma'lum qilgandi. 

«Barselona» futbolçisini 222 mln yevrodan kamiga sotmasligini ma'lum qilgan, uning şartnomasida aynan şunça pul badal puli sifatida belgilangan.

Bundan taşqari, futbolçining otasiga ular Neymar qolsa ham uning maoşini kötarib bera olmasliklarini ma'lum qilişgan.

Neymar bilan şartnoma yangilanib, şartnoma muddati 2021 yilgaça uzaytirilganida, yillik maoş miqdori 25 mln yevro etib belgilangandi.

Bu vaqtda 25 yoşli braziliyalik futbolçini 222 mln yevroga sotib olişga tayyor turgan parijliklar klubi unga yiliga 30 million yevro maoş tölaşni nazarda tutuvçi 6 yillik şartnoma taklif etmoqda.

23 iyul kuni Neymar jamoadoşlari Lionel Messi va Luis Suares bilan suhbatdan keyin klubda qolişga qaror qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo u öz qarindoşlari bilan suhbatdan keyin yana qarorini özgartirgan.

Neymar «Barselona»ga öz şartini ma'lum qildi