Samarqandda içki işlar organida işlovçi amaldagi va sobiq xodimlar iştirokida ölimga olib kelgan mudhiş avtohalokat sodir böldi.
Voqea 23 iyul kuni tunda M37 (Samarqand-Buxoro-Turkmanobod-Aşxobod) yölining Samarqanddan boşlanadigan qismida yuz bergan.
«Kun.uz» tahririyatiga yetib kelgan ma'lumotlarga köra, haydovçi boşqaruvidagi «Neksiya» avtomaşinasi tungi soat 22:30–23:00 lar oraliğida katta tezlikda yölga örnatilgan bordyurga borib urilgan. Qayd etiş kerakki, ayni paytda yölning Samarqand xalqaro aeroportining ortidan uşbu qismida yöl quriliş, yölning qatnov qismi örtasiga beton bordyur örnatiş işlari olib borilmoqda.
Içki işlar vazirligidagi manbaning «Kun.uz»ga xabar berişiça, voqea içki işlar xodimlarining işdan taşqari vaqtida, şaxsiy avtomaşinasi bilan yuz bergan. Maşina içidagi tört nafar yölovçi hayotdan köz yumgan.
«Kun.uz» suriştiruvi bilan olingan ma'lumotlarga köra, vafot etganlardan uç nafari IIBning amaldagi, bir nafari iste'foga çiqqan qöriqlaş xizmati xodimlari bölgan. Xodimlardan biri Oqdaryo tumanida, uç nafari esa Tayloq tumanida istiqomat qilişgan.










