Dunyodagi eng keksa dengiz muşugi AQŞdagi okeanariumda hayotdan köz yumdi. U 69 yoşni qarşilaganidan keyingi kun vafot etgan, deb xabar qilgan Janubiy Florida muzeyi. 

"Bizning dastlabki tekşiruvlarga köra, Snuti kişini ğamgin qiluvçi hodisa qurboni bölgan. Snuti juda noyob hayvon edi", — deyiladi xabarda. 

Dengiz muşugi okeanariumning faqat texnik tizimlariga kiriş uçun oçiladigan suvosti inşootidan topilgan. Inşoot eşigi odatda yopiq bölgan, ammo noma'lum sabab bilan u şu kuni oçiq saqlangan. 

Muzey rahbariyatining qöşimça qilişiça, hayvonning ölimi bilan boğliq tergov işlari olib borilmoqda. 

Snuti laqabli dengiz muşugi 1946 yil 21 iyulda Mayami okeanariumida tuğilgan. U inson qaramoğida dunyoga kelgan birinçi dengiz muşugi edi.