Xalqaro valyuta jamğarmasi Rossiya iqtisodiyotining 2017 yilda asta-sekinlik bilan tiklanişi borasida aprel oyida bildirgan prognozini tasdiqladi. Bu haqda jamğarmaning iyul oyi uçun "Jahon iqtisodiyoti rivojlaniş istiqbollari" axborotnomasida söz yuritilgan. Taşkilot Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida yillik yiğilişini ötkazadi. 

XVJ jahon iqtisodiyoti va jahon işlab çiqariş hajmi oşayotganini ta'kidlaydi. Unga binoan 2017 yilda işlab çiqariş hajmi 3,5 foizga, 2018 yilda 3,6 foizga ösadi. Ötgan yili bu raqam 3,2 foizni taşkil etgan edi. 

AQŞ iqtisodiyoti ösişiga doir prognozlar aprel oyidagidan birmunça pasaytirilgan. Şu bilan birga, Yaponiya va YeI mamlakatlarida iqtisodiyot ösişi kutilmoqda. "2016 yil oxiri va 2017 yil boşida kuzatilgan kutilmagan faollik işonçli ösiş sur'atini ta'minlamoqda".

"2017 yil birinçi çoragidagi yuqori körsatkiçlar va byudjyet qöllab-quvvatlanişi kutilayotgani sababli Xitoy iqtisodiyoti ösişi ham aytilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda pul qadrsizlanişi va narx-navo barqaror bölib qoladi; Braziliya, Hindiston va Rossiya kabi bozor iqtisodiyoti birmunça şakllangan mamlakatlarda ham inflyatsiya sezilarli kuçaymaydi", - deyiladi hujjatda. 

"Rossiya Federatsiyasining iqtisodiyoti, prognozga köra, 2017 yilda asta-sekinlik bilan tiklana boşlaydi", - deyiladi hujjatda. 

Ta'kidlanişiça, "bozor iqtisodiyoti şakllanayotgan mamlakatlarda inflyatsiya asosan barqaror, Braziliya va Rossiyada bu raqam sezilarli darajada pasaydi".

Şunday qilib, 2017 yilda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti 2 foizga, 2018 yilda 1,9 foizga ösadi. Bozor iqtisodiyoti şakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda bu raqam 2017 yilda 4,6 foiz, 2018 yilda 4,8 foizni taşkil etadi.