Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni 60 yoşga tölgani bilan tabrikladi. Bu haqda Belta.by Lukaşenkoning matbuot xizmatiga asosan xabar bergan.

"Belarusda Sizni tajribali va dono davlat rahbari sifatida bilişadi. Siz fuqarolarning katta qöllab-quvvatloviga egasiz va vataningiz farovonligini ta'minlaş, uning iqtisodiy quvvati, xalqaro arenadagi nufuzi, jamiyatdagi tinçlik va totuvlikni mustahkamlaş uçun barça sa'y-harakatlarni körmoqdasiz", - deyiladi tabrikda.

Aleksandr Lukaşenkoning işonç bildirişiça, ikki tomonlama muloqotning faollaşişi Belarus va Özbekiston milliy manfaatlariga javob beradi hamda köp tomonlama şeriklikni qalin ikki davlat xalqlari örtasidagi döstona an'analar va özaro tuşuniş asosida yanada çuqurlaştirişga yordam beradi.