Venesuela Oliy sudining oliy sud instansiyasi qaroriga qaramay parlament tomonidan tayinlangan barcha a'zolari qamoqqa tashlanadi. Bu haqda respublika prezidenti Nikolas Maduro ma'lum qilgan.

«Ularning barchasini qamoq kutmoqda, birin-ketin qamoqqa joylashtiriladilar. Ularning har birining hisoblari, mol-mulklari, barcha narsalari muzlatib qo‘yiladi», - deya uning so‘zlarini keltiradi America Television.

Maduroning qo‘shimcha qilishicha, muxolifat «parallel davlat» tuzib, katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda.

Avvalroq Maduro Karakas ko‘chalari bo‘ylab yashirincha harakatlangani xabar berilgandi.