Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari Toşkent şahrida psiixotrop dorilar savdosi bilan şuğullangan noqonuniy guruh faoliyatini foş etdi.
Barçasi poytaxtda samarqandlik Husan Xuşbakovni uşlaşdan boşlandi. U kuçli ta'sir qiluvçi, şifokor retseptisiz sotiş taqiqlangan "Lirika" dorisini yaşirinça sotiş bilan şuğullangan. Diler 112 dona tabletkani 100 AQŞ dollari va 510 ming sömga sotayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. Jinoyatçini tekşiriş jarayonida yana 470 dona tabletka musodara qilindi.
Söroq vaqtida Xuşbakov bu dori vositalarini Dili va uning Bobur ismli öğillaridan olişini sözlab bergan. Sotilgan tabletkaning har biri uçun 10 ming sömdan pul tölaşgan. Uşbu hodisa yuzasidan MXX va Boş prokuratura hamkorligida maxsus tezkor guruh şakllantirilgan. Ular jinoiy işga aloqador yangi gumondorlar ustidan kuzatuvni yölga qöygan. Maxsus amaliyot çoğida 2800 dona "Lirika" tabletkasini 2350 dollarga sotayotgan gumondorlardan biri qölga olindi.
U Toşkent irrigatsiya va melioratsiya instituti akademik litseyi 1-kurs talabasi Bobur Murodov ekani aniqlangan. Bobur va onasi Dilbar Hoşimova respublika hududida taqiqlangan dori vositalarini noqonuniy yöl bilan tarqatişgan.
Ularning xonadoni közdan keçirilganda turli psixotrop dorilarning yirik partiyasi borligi aniqlangan. Tezkor guruhlar 22624 dona "Lirika" tabletkasi, 2500 dona "Dyufaston" tabletkasini musodara qilişgan. Bundan taşqari, 8 ming dona "Mukaltin", 4200 dona "Kreon", 1900 dona "Ursosan", 1740 dona "Saytotek" va 1512 dona "Plavix" tabletkalari borligi ma'lum bölgan.
Uşlanganlar musodara qilingan dori vositalariga sertifikatlar boşqa muvofiqlik hujjatlarini taqdim eta olişmagan. Bu esa, ularning respublika hududiga noqonuniy olib kirilganini isbotlaydi.
Şundan söng, tezkor guruh dorilarning kelib çiqiş manbasini aniqlaşga kirişdi.
"Natijada qölga olingan şaxslar yuqoridagi dori vositalarini Farğona viloyati fuqarosi Xurşida Hamroqulova va Bahodir Zokirovdan olgani ma'lum böldi. Zokirov "Lirika"ning yirik partiyasini Qirğiziston hududidan bojxona postlarini aylanib ötgan holda keltirgan. Keyinçalik, dilerlar xususiy taksi haydovçilar Şoxrux Ergaşboyev va Sardor Niğmatov xizmatidan foydalanişgan. Ular dorilarni mijozlar manzillariga yetkazib berişgan. Mazkur jinoiy işga aloqasi bölganlarning barçasi maxsus amaliyot vaqtida qölga olinib, hozirda ularning ustidan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan iş oçilgan", — deya qayd etgan MXX xodimi.











