"Bolalar tagliklari" haqida so‘z borganida ko‘pchilik unga turlicha munosabat bildiradi. Kimlardir uning bolalar salomatligi uchun xavfli ekanini qayd etsa, yana boshqalar tagliklar allaqachon onalarning eng yaqin "yordamchisi"ga aylanganini ta'kidlaydi. 

Aslida tagliklar ota-onalar qulayligi uchun inson tomonidan yaratilgan eng ajoyib ixtirodir. Bir o‘ylab ko‘ring, agar tagliklar bo‘lmasa, siz tug‘ilgan kun yoki sayrlarga borganingizda erkin yura olmaysiz, uzoq safarga otlansangiz, kimdir navbatma-navbat bolaning tagidan xabar olib turishi kerak bo‘ladi.  Tagliklar ayniqsa, sovuq havoda bolaning qulay harakatlanishiga va shamollab qolmasligiga yordam beradi.

Tagliklarning zarari haqidagi barcha "mish-mishlar" asossiz. Sababi, bugungi kunda texnologik imkoniyatlar orqali tagliklar yana sifatli, "nafas oluvchi" va terini himoyalovchi xususiyatlarga ega bo‘lib bormoqda. Albatta, faqat tabiiylikni ustun ko‘ruvchi ota-onalar ham topiladi. 

Taglik tutganda nimalarga ahamiyat berish zarur?

Ilk bor chaqaloqlarga tagliklar kiydirilganda, bu ularning terisiga turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Bunda asosiy sabab - ayrim bolalarda, tagliklar tarkibidagi losyon yoki kremga nisbatan allergiya paydo bo‘lishidir. Mana shunday holatlarda, darhol taglikni boshqa markadagi taglikka almashtirish lozim bo‘ladi.

Yodda tuting! "Bolalar tagliklari"ni xarid qilganda hech qachon arzon va sifatsiz mahsulotga uchmang. Sababi, arzon tagliklar noqulay va "nafas olmaydigan" bo‘lib, bolalarni qiynab qo‘yishi mumkin. 

Tagliklarni har 4 soatda almashtirib turish lozim. Agar bolaning yoshi ikkidan oshsa, imkon qadar tagliklarni faqat mehmonga, sayohatga borilganida taqish kerak. Qolgan vaqtda bola o‘zi mustaqil harakatlanishni o‘rnashi lozim. 

O‘zbekiston bozorlariga yaqindagina kirib kelgan Baby Still tagliklari o‘zining uch xususiyati bilan barcha ota-onalarga manzur keladi: 

* Ular sifatli bo‘lib, suvni bir zumda shimib oladi
* Gippoallergen xususiyati kuchli
* Narxi hamyonbop
* 12 soat davomida bolalar uchun xavfsiz sanaladi