Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasida loyiha boşqaruvi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoniga şarh e'lon qilindi

Boşqaruv qarorlarini işlab çiqiş hamda qabul qiliş jarayonida ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni qöllaşga asoslangan innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş bugungi kunda iqtisodiyotning barça tarmoqlarini jadal rivojlantiriş va davlat boşqaruvi tizimini takomillaştirişga yönaltirilgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşirişning asosiy şartlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda davlat boşqaruvi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş va uşbu sohaga oid normativ-huquqiy bazani şakllantiriş böyiça izçil işlar amalga oşirildi.

Xususan, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantiriş doirasida 2013 yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali işga tuşirildi.

Körsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytiriş maqsadida Yagona portal davlat organlari va xöjalik boşqaruvi organlarining axborot tizimlari hamda resurslariga integratsiya qilindi. Buning natijasida hozirgi paytda portal tomonidan 300 dan ortiq xizmatlar körsatilmoqda.

Şu bilan birga, ötkazilgan tahlillar kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça vazifalarning samarali bajarilişiga, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarga ğov bölayotgan omillarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etişga tösqinlik qilayotgan bir qator kamçiliklar mavjudligini, xususan:

  • davlat ahamiyatiga molik loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş jarayonini sifatli taşkil etiş, muvofiqlaştiriş, monitoring hamda nazorat qilişni ta'minlovçi loyiha boşqaruvining yagona tizimi mavjud emasligini;
  • loyihalarni amalga oşiriş sur'ati va samaradorligini tezkor kuzatiş imkonini beruvçi ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boşqaruv jarayoniga yetarliça joriy etilmaganligini;
  • davlat va hududiy dasturlarni, investitsiya loyihalarini işlab çiqiş hamda amalga oşirişda oçiqlik va şaffoflik darajasining pastligi mazkur sohada moliyaviy mablağlar maqsadsiz va samarasiz sarflanişi, şuningdek turli xil suiiste'molçilik holatlarini keltirib çiqarayotganligini;
  • davlat xaridlarini amalga oşiriş tartib-taomillari şaffofligini ta'minlovçi, davlat organlari, xöjalik boşqaruvi organlari, davlat korxonalari va taşkilotlarining ma'lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan yagona axborot maydonining mavjud emasligini;
  • amalga oşirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asoslantirilganligi va rentabelligini tahlil qiliş hamda baholaş, şuningdek ularning qiymatini oşirib körsatiş va boşqa suiiste'molçiliklar alomatlarini aniqlaş böyiça işlar samaradorligining pastligini;