«Real» yarim himoyaçisi Karlos Kasemiro Braziliya terma jamoasidagi safdoşi, «Barselona» hujumçisi Neymar «PSJ»ga ötişi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Kasemiro hazil ohangida Neymar «Real»ga ham kelişi mumkinligi haqida gapirgan.
«Barçasi Neymarning öziga boğliq, u nega „Real“ga ötmasligi mumkin? Biz uni juda yaxşi kutib olgan bölardik», — deya Kasemironing sözlarini keltirgan Goal.
«Neymar — zör futbolçi, men uning öyinidan hayratga tuşaman. U nima qilişni biladi, uni doim qöllab-quvvatlaşadi. Uning otasi — ajoyib inson. Agar u „Barselona“dan ketsa, men u qayerda bölmasin, omad tilayman. Neymar Braziliya uçun juda muhim», — deya davom etgan Kasemiro.












