Unça murakkab bölmagan usullar sizga muhim tadbir oldidan yoki oğir iş kunidan söng asablaringizni tinçlantirişga yordam beradi.

Öziga xos an'ana öylab toping
Xayolda hisoblaş yoki qoğozdan şaklçalar yasaş kabi oddiy harakatlar diqqatni bir joyga jamlaşda yordam beradi. Sizga eng köp yoqadigan maşğulotni tanlang, hamda uni özingizning maxsus an'anangizga aylantiring. Masalan, asablarni tinçlantiriş uçun 100gaça sanaşni boşlang.
Vaziyatga boşqaça nigoh bilan qarang
Nimadir rejadagidek ketmagani va kimdandir alamingizni olganingiz yoki közingizga yoş kelgani uçun özingizni qiynamang. Özingizni haddan taşqari hissiyotlarga beriluvçan, deb öylamang. Bu sizga faqat salbiy kayfiyatlar keltiradi.
Röy bergan holatga boşqaça nigoh bilan qarang. Sizning öz hissiyotlaringizni körsatganingiz, asabingiz buzilişiga sabab bölgan narsaga bee'tibor emasligingizni körsatadi – şuğullanayotgan işingiz yoki siz janjallaşgan insonga.

Kelajak haqida öylang
Hozir sizga tinçlaniş uçun juda qiyin bölişi mumkin. Biroq, tasavvur qilib köring, bir yildan keyin şu holatga qanday qaraysiz. U şu qadar muhim bölib körinadimi? Asablaringizni ketkazişga arzirmikan?
Sayr qiling
Agarda heç narsa yordam bermayotgan bölsa, şunçaki sayrga çiqing. Tadqiqotlarning körsatişiça, oddiy sayr ham xayollarni bir joyga keltirişda, vaziyatga boşqaça nigoh bilan qaraşda va stressdan qutulişda yordam beradi. Boğ yoki sayilgohga boriş şart emas, uyingiz yoki işxonangiz yonida biroz aylanib yurişingizning özi yetarli.











