Avstraliyada Yangi Janubiy Uels qöriqxonasi qöriqçisi Mark Eberneti tomondan yozilgan The Counter ("Pudratçi") kitobi çiqmoqda. Eberneti ulkan qöriqxona hududida bir neça yil yaşirinib yurgan qotil Malkolm Nadenni qölga tuşirgan. Jinoyatçi qornini töyğaziş uçun fillardan banan öğirlagan va toşbaqalar, quşlar va mayda hayvonlarni ov qilgan.
2000-yillar boşida Naden ikki qiz qarindoşini öldirgani uçun 36 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. 2005 yilda u qamoqdan qoçişga muvaffaq bölgan. Aniqlanişiça, u qoçoqlikdagi aksariyat vaqtida qöriqxona hududida yaşagan.
Kitob muallifining yozişiça, u va uning hamkasbi qöriqxonada yaşirinib yurgan boşpanasiz kimsaga uzoq vaqt ov qilişgan. Qoçoq qöriqçilar uning faoliyati izlarini topişni boşlamagunlariça yaşirinib yurişga muvaffaq bölgan. U öz ortidan oziq-ovqat öramlari, mevalar pöstloği hamda hattoki quşlar va mayda hayvonlar suyaklarini qoldirgan.
Bir marta mahalliy veterinar noma'lum erkak galapagos toşbaqalari saqlanadigan qafasdan yugurib çiqqanini körgan. Aniqlanişiça, qoçoq toşbaqalardan eng yiriklaridan birining boşini uzib olib, uning içidagilarni sörib olgan. Qotilning ölçamlari (böyi 190 sm, vazni 125 kg) hisobga olinsa, unga ançagina ovqat kerak bölgan körinadi. Biroz vaqtdan keyin qoçoq qöriqxona xodimlari yaşaydigan uylarga köz olaytira boşlagan.
Naden bungalolar tomida uxlagan, uylardan oziq-ovqat öğirlagan va hattoki uylar oldida turgan grillardan foydalangan. Qöriqxona qöriqçilari uni 2012 yil boşidagina tutişga muvaffaq bölişgan.
"Biz oldimizda mamlakatning eng xavfli jinoyatçilaridan biri turganini anglagaç, jiddiy karaxt holni boşdan keçirganmiz", deb yozmoqda Eberneti.
Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda qotil Naden panjara ortida jazo ötamoqda.

















