Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markaziga direktor tayinlandi. «Jahon» AA bergan xabarga köra, bu markazga 2015 yildan beri Toşkent fransuz alyansi raisi sifatida işlab kelayotgan Şoazim Minovarov rahbar bölgan.
Şoazim Minovarov tajribali diplomat va tarjimon hisoblanadi. U Fransiya hukumatining «Xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlangan birinçi Özbekiston fuqarosidir.
23 iyun kuni Prezident «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Özbekistondagi Islom madaniyati markazini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzolagandi.
Islom madaniyat markazining ma'muriy binosi, şuningdek, kutubxonasi va muzeyi Toşkent şahrida, Xastimom majmuasiga yondoş hududda quriladi. Markaz binolari qurilişiga rossiyalik milliarder Alişer Usmonov homiylik qiladi.
Şavkat Mirziyoyev madrasalar, maqbaralar, muqaddas qadamjolar va Islom madaniyat markazi haqida












