AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni Obamacare tibbiy suğurta tizimini tanqid qiluvçi nutqni sözladi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvçilarning bor e'tibori uning çiqişiga emas, balki Amerika yetakçisining ortida turgan ğalati qoşli ayolga qaratildi.
Qoşlar Trampga qarşi
Twitter foydalanuvçilari ayolning ğalati şaklli qoşlariga avvalgi prezident Barak Obamaning soğliqni saqlaş tizimidagi islohotlar salbiy natijalar keltirgani bilan izoh berişgan.
“Qoşlaring Obamacare islohoti qurboniga aylanganini tuşunmoqdasan”, - deya yozgan Twitter’dagi BadGuyZero taxallusi ostidagi foydalanuvçi.
When you realize that your eyebrows are a victim of Obamacare. pic.twitter.com/k8DCZq17ot
— Bad Guy Zero (@BadGuyZero) July 24, 2017
Boşqa izoh beruvçilarning yozişiça, hukumat Obamacare’ni emas, balki amerikalik ayolning qoşlarini “bekor qilişi va almaştirişi” kerak.
“Tramp şu ayolning qoşlarini bekor qilişi va almaştirişi lozim”, - deya yozgan annapaul4317.
Trump needs to repeal and replace this lady's eyebrows. #yikes pic.twitter.com/hhSiu5nCKa
— Anna Paul (@annapaul4317) July 24, 2017
Ba'zi blogerlarning fikriça, ayol Trampning ortida bekorga turmagan.
“Tramp jonli efir vaqtida e'tiborni öziga jalb etuvçi qopqon qöydi, sababi biz u nima haqida gapirayotganini eşitmasligimizni istagan”, - deydi fatesummons.
#trump planting distractions during live broadcasts so we couldn't hear a thing he said #eyebrows pic.twitter.com/0z17cpqmdu
— Fate Summons (@fatesummons) July 24, 2017










