Tadbirkor Ilon Mask öz tvitterida Facebook rahbari Mark Tsukerbergning sun'iy idrokka tegişli pozitsiyasini qoralab çiqdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
Tsukerberg Facebook Live jonli translyatsiyasi vaqtida Maskning sun'iy idrok tufayli oxirzamon yuz berişi haqidagi fikrlarini “mas'uliyatsiz” deb atagan. Uning ma'lum qilişiça, ança ijobiy fikrlarga ega, sababi, sun'iy idrok inson hayotini faqatgina yaxşilaşiga işonadi.
Mask bu bayonotga darhol javob qaytardi. “Bu mavzuni Mark bilan muhokama qildim. Uning vaziyatni tuşunişi yuzaki”, - deya yozdi milliarder tvitterdagi sahifasida.
Avvalroq Tsukerberg Maskning "oxirzamon" haqidagi sözlariga munosabat bildirgani xabar qilingandi. 17 iyul kuni esa Ilon Mask insoniyatga eng katta tahdid nima ekanini aytgandi.












