SpaceX va Tesla kompaniyalari asosçisi Ilon Mask, gubernatorlar milliy assotsiatsiyasida çiqiş qilar ekan, "sun'iy idrok insoniyat sivilizatsiya sifatida töqnaş keladigan eng asosiy tahdid bölişi" haqida ma'lum qildi, deb yozmoqda Fortune jurnali.
Maskning fikriça, işlab çiqaruvçilar ilğor texnologiyalar ortidan quvib, sun'iy idrokdan keluvçi xavf-xatarlarni yoddan çiqarib qöyişlari mumkin.
"Robotlar uruş boşlaşi, yolğon xabarlar va matbuot-relizlari tarqatişi, axborotdan salbiy maqsadda foydalanişi mumkin. Qalam qiliçdan kuçliroq", - deya ta'kidlab ötdi u.
SpaceX va Tesla rahbarining qayd etişiça, eng ilğor sun'iy idrok haqida juda batafsil ma'lumotga ega, şuning uçun u öz sözlariga işonişni söragan.
Uning fikriça, bu sohada davlatlarning örni muhim, ular kompaniyalarni yangi sun'iy intellekt ortidan quvişda biroz "bosib turişi" mumkin.
Avvalroq Ilon Mask dunyodagi eng katta litiy-ionli akkumulyatorni zudlik bilan işlab çiqişni va'da qilgandi.

















