Moskva şahrida pensioner ayoldan 50 mlrd zimbabve dollarini öğirlab ketişdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti huquqni muhofaza qiliş idoralaridagi manbaga asosan.
Manbaning sözlariga köra, boşqa hududdan kelgan erkak şahar janubidagi Krivorojsk köçasidagi xonadonda öğirlikni sodir etgan. Politsiyaçilar gumonlanuvçini qölga olişdi.
Agentlik suhbatdoşining aniqlik kiritişiça, dollarlar heç qanday qiymatga ega emas, sababi Zimbabveda ular bir neça yil muqaddam muomaladan çiqarilgan. Şuningdek, uning xabar berişiça, erkak zargarlik buyumlari va boşqa davlatlar valyutalaridagi pullarni ömargan. Politsiya ma'lumotlariga köra, öğri xonadonga deraza orqali kirgan.
Ma'lumot uçun, Zimbabve dollari 2009 yilda muomaladan çiqarilgan. Bu holat yillik inflyatsiya 231 million foizni taşkil etib, mamlakatda maksimal qiymati 100 trln dollar bölgan qoğoz pullar çiqarilgaç, röy bergan. Öşandan beri Zimbabve özining valyutasiga ega emas, u yerda hisob-kitob uçun Amerika dollari, Janubiy Afrika rendi, Xitoy yuani va boşqa valyutalardan foydalanişadi.











