Möğuliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga offşor hisob raqamlari va mablağlariga ega bölgan davlat xizmatçilari va siyosatçilari hamda ularga aloqador kişilarga murojaat qildi. U 49 kun içida pullarini mamlakatga qaytarişga çaqirdi. Davlat rahbarining saytida uşbu bayonot matni e'lon qilindi.

"Men Möğuliston prezidenti sifatida offşor hisob-raqamlari bor siyosatçilar, davlat xizmatçilari va ularga aloqador kişilarni mazkur hisob-raqamlarini yopib, mablağlarini 24 iyuldan e'tiboran 49 kun içida Möğuliston bankiga ötkazişga çaqiraman. Bu talabni bajarişdan boş tortgan şaxslarga nisbatan tergov işlari boşlanadi, ular qonunçilikka muvofiq javobarlikka tortiladi", - deyiladi xabarda. 

Prezident bayonotida aytilişiça, 2017 yilgaça mamlakatda offşor egalariga qarşi çoralar böyiça huquqiy me'yorlar bölmagan. 

Xalqaro jurnalistlik tekşiruvlari konsorsiumiga köra, Möğulistonning 49 nafar fuqarosi offşor hisob-raqamlariga ega.