AQŞdagi Braun universiteti olimlarining fikriça, Oy yuzasida suv bölişi mumkin. Bunday nazariya Nature Geoscience ilmiy jurnalida e'lon qilindi.
Hindistonning Chandrayaan-1 sun'iy yöldoşidan olingan fotosuratlar jiddiy örganib çiqilganda, Oyning barça yuzasida vulqon jinsi tarkibiga kiluvçi şişa donalari topildi.
2009 yilda NASA ötgan asrning 70-yillarida ötkazilgan “Apollon” dasturi doirasida olingan ma'lumotlar, Oy yuzasida suv bor ekanidan dalolat berişini ma'lum qilgandi. Mutaxassislar tomonidan ötkazilgan hisob-kitoblarga köra, Oy tuproğining bir tonnasi taxminan 946 gramm suvga ega. Biroq, Oydagi tuproq namunalari va tegişli tadqiqotlar bu holat Oyning barça yuzasida kuzatilişini isbotlay olmadi. Bundan taşqari, ilm dunyosida osmon jismida suvning paydo bölişiga oid turli fikrlar bor. Hattoki suv quyoş şamoli va vodorodning özaro aloqaga kirişişi natijasida yuzaga kelgani borasida ham taxmin bor edi.

Yaqinda ötkazilgan tadqiqotda iştirok etgan mutaxassislardan biri Ralf Millikenning bayonotiga köra, "deyarli barça tahlillar suv bor ekanini körsatmoqda hamda Oy tubining katta qismi namga boy, degan fikrga keliş mumkin".
Vulqon jinslarida suvning borligi köp joyda uçraydi. Oy tuproğidagi suv miqdorining juda kamligini esa yuzadan köplab kilometrlar pastda bölgan vulqon jinslarida ehtimol suv borligi bilan oqlaş mumkin. Ralf Millikenning bayonotiga köra, bu Oyga bölajak missiyalarni taşkil etişda qöl keladi hamda Oydan suv oliş kabi istibolli loyihani oçib beradi.











