Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi №527-sonli qarori bilan boşqa viloyatliklar, xorijliklar va fuqaroligi yöq şaxslarga Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulk sotiş şartlari oydinlaştirildi. Bu haqda Norma.uz eksperti Oleg Zamanov yozadi.
Endi Toşkent şahri va viloyatidan uşbu hududlarda doimiy propiskaga ega bölmagan Özbekiston fuqarolari, şuningdek xorijliklar hamda fuqaroligi yöq şaxslar ham köçmas mulk xarid qilişi mumkin.
Bu holatda xarid qilinayotgan köçmas mulkning turi va narxi hamda hisob-kitob qiliş tartibi muhim ahamiyatga ega (quyidagi jadvalga qarang).

Yangi qurilgan uylar deganda ekspluatatsiyaga topşirişiga 3 yildan ortiq vaqt bölmagan turar joy binolari tuşuniladi. Yangi qurilgan uyga egaliq huquqi tuman (şahar) hokimining tegişli dalolatnomani imzolaşi haqidagi qarori asosida yuzaga keladi.
Yuqoridagi jadvalda körsatilgan şartlar böyiça köçmas mulkning xarid qilinganidan keyingi 3 yil içida qayta rasmiylaştirilişida oldi-sotdi, almaştiriş va sovğa qiliş şartnomalarini notarial rasmiylaştiriş uçun eng kam iş haqining 400 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Muhim eslatma! Şunday qilib, yuqorida sanab ötilgan şartlarda köçmas mulk xarid qilgan şaxslar tegişli röyxatning 1-bandiga asosan Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskaga qöyilişga da'vogarlik qila olişadi.
Vazirlar Mahkamasining 16.02.2012 yildagi №41












