2019 yilda Toşkentda karate böyiça Osiyo çempionati bölib ötadi. Bu haqda Ostonada ötgan Osiyo karate federatsiyasi kongressi yakunlariga köra ma'lum böldi.
Kongress şuningdek federatsiyaning yangi logotipini yaratiş qarorini qabul qildi va nomini özgartirişga rozi böldi: Asian Karatedo Federation endi Asian Karate Federation deb qayta nomlanadi. Şuningdek, erkaklar kumitesi böyiça 55 kg gaça vazn toifasiga tegişli masalalar körib çiqildi va aniqlaştirib olindi.
Kongress iştirokçilari Toşkentda ötadigan çempionat özgaça bölişini ta'kidlab ötdilar. U Tokio Olimpiadasi arafasida taşkil etiladi va karate sport turi Olimpiada dasturiga ilk marta kiritilmoqda. Şuning uçun Toşkentda Olimpiada litsenziyalarining asosiy miqdori öynalişi mumkin.












