«PSJ» klubi «Barselona»ning braziliyalik hujumçisi Neymardan klubning taklifiga yakuniy javobni aytişini talab qilib çiqdi. Bu haqda L’Équipe naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, parijliklar futbolçining oldiga aniq bitta şart qöygan. Unga köra, futbolçi kelgusi haftaning sönggiga qadar kelgusi mavsumda qaysi jamoada töp surişga qaror qilganini aniq aytişi kerak böladi.

Avgustning boşida «PSJ» va «Barselona», AQŞdagi mavsumoldi tayyorgarligini yakunlab ortga qaytib keladi. Öşa vaqtgaça Neymar kelajagi borasida bir töxtamga kelişi kerak.

Eslatib ötamiz, agar Neymar «PSJ»ga ötadigan bölsa, u dunyoning eng qimmat futbolçisiga aylanadi. Frantsuz klubi uning şartnomasida körsatilgan tovon puli 222 mln yevroni aktivlaştirgan holda sotib olişni közlamoqda.