Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi 26 iyulda bölib ötgani haqida avval xabar berilgan edi. U «Özbekistonning zamonaviy soliq siyosati: vazifalar va amalga oşiriş mexanizmi» mavzusida taşkil etildi. Unda tadbirkorlar tomonidan naqd pul tuşumini töliq topşirmaslik, naqd pulni töliq qaytarib oliş imkoni yöqligi, xufiyona iqtisodiyot muammosi ham muhokama etildi. Sessiya moderatori Şerzodxon Qudratxöjayev ekspertlarga bu masalada savol bilan murojaat qildi.

“Kassa apparati köp davlatlarda tadbirkorning özi uçun kerak, ya'ni kun yakunida tuşumni hisob-kitob qiladi. Bizda esa, butunlay aksi. Inkassator Captiva va Orlando maşinalarida qopçasini kötarib boradi, tadbirkor katta bir dökondan 100 ming yoki 150 ming söm pulni xuddi sadaqa berganday berib yuboradi. Soliq idorasi reja qöyib, şunça naqd pul topşirasan deydi, tadbirkor bankdan naqd pulini vaqtida ololmayman deb, tuşumning öndan birini ham bankka topşirmaydi. Oqibatda pul aylanişning xufyona körinişi, ya'ni xufyona iqtisodiyot avj oladi. Savol: bu muammoga qaçon va qanday qilib barham beriladi? Tadbirkor pulni qöyadi, ikkinçi kuni kelganida bank naqd pulimiz yöq, deydi. Bu muammoning negizi qayerda, uni kimdan qidirişimiz kerak?”
Bu savolga Markaziy bank raisi örinbosari Saidkamol Xöjayev javob berar ekan, banklardan çiqayotgan naqd va qaytayotgan naqd orasidagi tafovut juda katta farq qilişiga yöl qöyib bölmasligini ta'kidladi.

“Töğri, tadbirkorlar pulni töliq topşirmaydi. Masalan, bir oylik bankdan çiqayotgan naqd pullarni va qaytayotgan pullarni oladigan bölsak, agar bu 90-95 foiz çiqqan pul qaytib keladigan bölsa, buni normal holatga yaqin deb tuşuniş mumkin. Lekin bugungi kunda bu daraja pasayib ketgan edi. Şu sababli soliq idoralari bilan birgalikda asosiy kuç şunga safarbar etilmoqdaki, imkoni boriça naqd pullarni bankka jalb qiliş.
Yana bir jihati bu masalaga tadbirkor közi bilan ham qaraş kerak. Tadbirkor bankka topşirgan pulimni qaytarib olsam, deydi. Bir-ikki kun avval şunga doir statistikaga közim tuşdi. Unga köra, yilning ötgan davri mobaynida savdo bilan şuğullanuvçilar 40-45 foiz naqd pulini qaytarib olgan. Endi yana 50 foiz mablaği qolibdi, degan savol tuğiladi. Bu holatda, agar hamma pulini bankka topşirib keyin yana olib çiqaversa, pul aylanmasi bora-bora bankdan taşqarida amalga oşiriladi. Bu masalaning boşqa tomonlari ham bor. Buning yeçimi qanday böladi?











