Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 iyul kuni Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Nurettin Janiklini qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, har ikki mamlakat örtasida turli darajadagi aloqalar va özaro manfaatli hamkorlik faollaşganini mamnuniyat bilan ta'kidladi.

Özbekiston va Turkiya rahbarlarining 2016 yil noyabr oyida Samarqanddagi uçraşuvi va joriy yilning may oyida Pekinda ötgan «Bir makon, bir yöl» xalqaro forumi doirasidagi samarali muloqoti özaro serqirra munosabatlar, şu jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga yangi sur'at bağişlagani qayd etildi.
Suhbat çoğida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari ham muhokama etildi. Özbekiston va Turkiya Mudofaa vazirliklari örtasida amaliy hamkorlik örnatiş, jumladan, harbiy ta'lim sohasida qöşma dasturlarni amalga oşiriş bu boradagi muhim yönalişlardan biri sifatida belgilandi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga qabul uçun samimiy minnatdorlik bildirdi va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejyep Tayyip Erdöğonning ezgu tilaklarini yetkazdi.
Nurettin Janikli Özbekistonda Qurolli Kuçlar salohiyatini oşiriş va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi va Turkiya tomoni har ikki davlat örtasida keng kölamli hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanini ta'kidladi.











