Eron va Şimoliy Koreya yangi raketalar uçirmoqçi, deb nomlari aytilmagan amerikalik amaldorlarga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, Eron orbitaga sun'iy yöldoşga ega Simorgh raketa-taşuvçisini uçirmoqçi. Amaldorning aytişiça, Eronning orbitaga sun'iy yöldoş olib çiqiş böyiça avvalgi urinişi 2016 yil aprelda amalga oşirilgan, biroq muvaffaqiyatsiz tugagan.
Amaldorning ta'kidlaşiça, AQŞ razvedka xizmatlari Tehrondan 140 km uzoqlikda joylaşgan Semnan kosmodromi ortidan kuzatuv olib bormoqdalar. Ma'lum qilinişiça, "start maydonida raketaning birinçi va ikkinçi poğonalari örnatilgan" va raketa istalgan vaqtda uçirilişi mumkin.
Telekanalning ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreya 1953 yilda Koreya uruşi yakunlangani va yaraşuv bitimi imzolanganining 64 yilligi munosabati bilan 27 iyulda qit'alararo ballistik raketa uçirişi kutilmoqda. Amaldorlarning ma'lumotlariga köra, start maydonçasi joylaşgan Kuson şahriga raketani uçiriş uçun zarur bölgan qurilmalar yetkazilayotgani payqalgan.












