Andijon viloyatida 2017-2019 yillar oraliğida 21 ta dehqon bozorini rekonstruksiya qiliş va ular hududida zamonaviy savdo majmualari barpo etiş belgilangan.
Joriy yil Andijon şahridagi Yangi bozor hamda Asaka, Şahrixon, Oltinköl tumanlaridagi dehqon bozorlari rekonstruksiya qilinib, foydalanişga topşiriladi.

Şahrixon şahri qadimdan özining hunarmand va savdogarlari bilan nom qozongan. Hududning öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib, savdo majmuasi individual loyiha asosida barpo etilişi közda tutilgan. Ayni paytda buzilayotgan dehqon bozori örnida zamonaviy, tadbirkorlar va aholi uçun barça qulayliklarga ega majmua bunyod etiladi.

Tuman hokimining qaroriga muvofiq, Respublika Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki huzuridagi bozor quriliş direksiyasi NBU BUNYODKOR INVEST jamiyatiga jami 2, 86 gektar yer maydoni ajratilgan. Quriliş davrida bozor hududida savdo-sotiq bilan şuğullanuvçi fuqarolar Hamza köçasida joylaşgan “Şahrixon yuksak parvozi” jamiyati hududiga köçirildi.

Respublikamiz prezidentining 2017 yil 27 martda qabul qilgan PQ-2853-sonli qarorida dehqon bozorlarini şarqona va milliy me'morçilik an'analarini hisobga olgan holda quriş belgilangan.
Şahrixondagi milliy şaharsozlik talablaridan kelib çiqib, alohida loyiha asosida qurilayotgan bozorning şu yil noyabr oyida işga tuşirilişi kutilmoqda.














