Joriy yilning 1 iyul kunidan 5 iyul kunigaça bölgan vaqt oraliğida «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki Örtaçirçiq tumani şoxobçasida ğaroyib jinoyat sodir etilgan. Özini uşbu bankning xodimi deb taniştirgan firibgar şu tumanda yaşovçi Ravşan Karimjonov özganing mulkini özlaştiriş maqsadida jinoiy işga qölga urib, özgalarning katta miqdordagi pul mablağlarini yaşirin ravişda ömargan.

Toşkent viloyati IIB matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, u kompyuter texnikalaridan foydalanib, bank mijozlarining plastik kartoçkalarini kompyuter dasturi orqali öz telefon raqamiga ulagan.
Şu yöl bilan Örtaçirçiq tumanida yaşovçi R.B. plastik kartoçkasidagi 7 mln 300 ming söm; A.B. kartoçkasidagi 1 mln söm; U.R.ning 1 mln 500 ming söm; Ş.B.ning 2 mln 200 ming söm; X.Ya.ning 371 ming 200 söm pulini özlaştirgan. Bunda u jinoiy sxema tuzib, pullarni tanişi Abdullaxöja Toşxöjayev nomiga rasmiylaştirilgan plastik kartoçkaga tuşirib, öz ehtiyojlariga işlatib yuborgan.
















