2017 yilning 24 iyul kuni taxminan soat 03:30larda noma'lum şaxslar bosqinçilik yöli bilan özganing mol-mulkini talon-toroj qiliş maqsadida, Mirzo Uluğbek tumani hududida fuqaro Rahimjon Sabirovning (jabrlanuvçilarning anketa ma'lumotlari özgartirilgan) xonadoniga devordan oşib ötiş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, R.Sabirov va uning turmuş örtoği Nargiza Açilovaga tan jarohatlari yetkazib, ularga tegişli jami 468.000 sömlik mol-mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qilib, jinoyat joyidan yaşiringanlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinçilik, ya'ni bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mulkini talon-toroj qiliş maqsadida hujum qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov- tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Hojiakbar Sultanbayev, Ğanişer Komalidinov, Farruxbek Roziqov va Ilhomjon Izzatullayev sodir etganliklari aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda. 

Yuqoridagi şaxslarning xatti-harakatidan jabr körgan şaxslar «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişlarini söraymiz.