Özbekiston 2015 yilda xorijiy mamlakatlarga 5,85 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilgan. Xorijdan öz ehtiyojlari uçun 10 mldr dollarlik mahsulotlarni import qilgan. Mamlakatning 2015 yildagi YaIM (yalpi içki mahsuloti) 66,7 mlrd dollarni taşkil etgan. Aholi jon boşiga YaIM 6,09 ming dollarni taşkil etadi. Bu haqda atlas.media.mit.edu sayti ma'lumotlarida söz boradi.

Özbekiston xorijga asosan oltin (1,88 mlrd dollar), tabiiy gaz (577 mln dollar), paxta tolasi (484 mln dollar), kimyo sanoati mahsulotlari (432 mln dollar), mis (341 mln dollar) yetkazib bergan.

Özbekiston 2015 yilda 5,85 mlrd dollarlik mahsulot eksport qiliş bilan dunyoning yuzinçi eng yirik eksport qiluvçi mamlakati hisoblangan. Biroq, ta'kidlanişiça, Özbekiston eksporti 2010 yildan 2015 yilgaça bölgan 5 yil mobaynida -0,8 foizga pasayib, 6,1 mlrd dollardan 5,85 mlrd dollarga tuşib ketgan. Özbekiston eksportida oltin uluşi 32,1 foizni, tabiiy gaz 9,9 foizni taşkil etadi. 

Şu bilan birga, Özbekiston 110 turdagi mahsulotni eksport qiliş bilan jahon eksport bozoridagi uluşi yuqori ekanini körsatadi. Vaholanki, bir qaraşda mamlakat iqtisodiyoti bunga imkon bermaydigandek taassurot uyğotadi, deyiladi tahliliy axborotnomada. 

Özbekiston mahsulotlarini asosan Şveytsariya (1,88 mlrd dollar), Xitoy (1,21 mlrd dollar), Turkiya (703 mln dollar), Qozoğiston (690 mln dollar) va Rossiya (570 mln dollar) kabi davlatlarga yetkazib bergan.

Özbekiston importida qadoqlangan dori-darmonlar (570 mln dollar), avtomobil ehtiyot qismlari (551 mln dollar), neft mahsulotlari (493 mln dollar), metall prokatlar (248 mln dollar) va yoğoç mahsulotlari (212mln dollar) yetakçi örin tutadi. 

Özbekiston 2015 yilda 10 mlrd dollarlik mahsulotlarni import qiliş orqali dunyoning 97-eng yirik import qiluvçi davlati bölgan. uning 2010-15 yillar oraliğidagi 5 yillik davomidagi importi yillik 4,1 foizga oşib, 8,1 mlrd dollardan 10 mlrd dollarga yetgan. Importda dori-darmonlar (5,69 foiz) va neft mahsulotlari (5,49 foiz) yetakçi örinlarda. 

Bu borada Özbekiston asosan Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Qozoğiston va Turkiyadan mahsulotlar keltiradi. 

Eslatib ötamiz, 26 iyul kuni XPKda bölib ötgan sessiyada valyuta bozorini liberallaştiriş borasidagi savolga javob bergan Moliya vaziri örinbosari Mubin Mirzayev Özbekiston konvertatsiyani oçiş uçun yetarli zaxiraga ega ekani, uning miqdori ikki yillik import qiymatiga teng ekanini aytgan edi.